Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Neom — yangiliklari

Neom va bog'liq yangiliklar

Malang Sarr Saudiya Arabistonida agentlar hujumiga uchradi

Malang Sarr Saudiya Arabistonida agentlar hujumiga uchradi

Senegal terma jamoasi himoyachisi Malang Sarr Saudiya Arabistonining Neom klubiga o'tganidan so'ng agentlar hujumiga uchradi.

Senegal terma jamoasi futbolchisi Saudiya Arabistoni klubiga o'tganidan so'ng agentlar hujumiga uchradi: 27 yoshli markaziy himoyachi Sarr (sobiq Chelsi, Lans) o'zining Neom klubiga o'tishi bo'yicha bevosita klub prezidenti bilan kelishib olgan. Bu esa futbolchining atrofidagilarga umuman yoqmadi.

Malang saudiyaliklardan 3 yilga 15 million yevrolik shartnoma ishlab oldi, uning agentlari esa bitimdan bir tiyin ham olishmadi. Shundan so'ng ikki erkak Neom yig'in o'tkazayotgan Marbel'yadagi mehmonxonaga kelib, Sarrni jamoaviy kechki ovqatdan kuch bilan olib ketishdi.

Senegallik futbolchining agentlaridan biriga yaqin bo'lgan bosqinchilar unga tarsaki tushirib, pul sababli tahdid qilishgan. Sarr politsiyaga murojaat qilmadi, ammo bu haqda klubga xabar berdi va klub futbolchi xavfsizligini kuchaytirdi, — deya xabar bermoqda RMC Sport, L’Equipe.

Ko'rinishidan, bu Saudiya futbolidagi ilk bulling holati. Bunday katta pullar istalgan odamning boshini aylantirib qo'yishi mumkin.

Malang Sarr Saudiya klubiga o'tmoqda

Malang Sarr Saudiya klubiga o'tmoqda

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Malang Sarr Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakili «NEOM» klubiga erkin agent sifatida o'tish bo'yicha kelishuvga erishdi.

📰 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Malang Sarr Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakili «NEOM» klubiga erkin agent sifatida o'tish bo'yicha kelishuvga erishdi. Here we go!

Bog'liq yangiliklar

Natan Zeze Yevropaga qaytishi mumkin

Natan Zeze Yevropaga qaytishi mumkin

L'Équipe xabariga ko'ra, Natan Zeze Yevropaga qaytishi mumkin. Futbolchiga APL klublari va «Inter» qiziqish bildirmoqda.

L'Équipe xabariga ko'ra, «Bornmut», «Kristal Pelas» va «Everton» klublari Saudiya Arabistonining «Neom» jamoasi futbolchisi Natan Zeze bilan qiziqmoqda.

«Nant» klubidan 20 million yevro evaziga Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tganiga bir yil bo'lgan Natan Zeze Yevropa futboliga qaytishi mumkin. 👀

«Inter», «Real Sosedad» va «Al-Hilol» klublari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. 🧐