Senegal terma jamoasi futbolchisi Saudiya Arabistoni klubiga o'tganidan so'ng agentlar hujumiga uchradi: 27 yoshli markaziy himoyachi Sarr (sobiq Chelsi, Lans) o'zining Neom klubiga o'tishi bo'yicha bevosita klub prezidenti bilan kelishib olgan. Bu esa futbolchining atrofidagilarga umuman yoqmadi.
Malang saudiyaliklardan 3 yilga 15 million yevrolik shartnoma ishlab oldi, uning agentlari esa bitimdan bir tiyin ham olishmadi. Shundan so'ng ikki erkak Neom yig'in o'tkazayotgan Marbel'yadagi mehmonxonaga kelib, Sarrni jamoaviy kechki ovqatdan kuch bilan olib ketishdi.
Senegallik futbolchining agentlaridan biriga yaqin bo'lgan bosqinchilar unga tarsaki tushirib, pul sababli tahdid qilishgan. Sarr politsiyaga murojaat qilmadi, ammo bu haqda klubga xabar berdi va klub futbolchi xavfsizligini kuchaytirdi, — deya xabar bermoqda RMC Sport, L’Equipe.
Ko'rinishidan, bu Saudiya futbolidagi ilk bulling holati. Bunday katta pullar istalgan odamning boshini aylantirib qo'yishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!