RMC efirida Kevin Dias Bruno Jenezioning "Marsel"dagi faoliyati va uning matbuotdagi chiqishlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
RMC efirida Kevin Dias Bruno Jenezioning chiqishlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
Jenezio? Menimcha, u omma bilan juda yaxshi muloqot qiladi. Uning Balerdi va Xoybyerg haqidagi gaplari juda aniq va samimiy chiqqan. Samimiylik hech qachon muammo bo'lmaydi, ayniqsa, u aqlli va vazminlik bilan ifodalanganda.
Men Jenezio ayni damda Marselga kerak bo'lgan inson deb hisoblayman. U izchil va aniq gapiradi, qiyin vaziyatlarda aynan shu narsa talab etiladi.
RMC xabariga ko'ra, «Ayaks» Mika Godtsni 60 million yevroga baholamoqda. PSJ vinger bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
🚨 RMC xabariga ko'ra, «Ayaks» Mika Godtsning transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda. Shunga qaramay, barcha tomonlar klublar kelishuvga erishishiga optimistik qarashmoqda.
PSJ rahbariyati vinger bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Parijliklarni futbolchining mentaliteti hamda hujum chizig'idagi uchta pozitsiyada ham o'ynay olish qobiliyati o'ziga jalb qilgan.
RMC xabariga ko'ra, PSJ Magnes Akliush transferini 50 million yevro evaziga yakunlamoqchi. "Monako" dastlab futbolchi uchun 65 million yevro talab qilgan edi.
RMC xabariga ko'ra, dastlab "Monako" Magnes Akliushning transfer qiymatini bonuslar bilan birga 65 million yevro deb baholagan edi.
PSJ esa futbolchini 50 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib olishi mumkinligidan mamnun.
Senegal terma jamoasi himoyachisi Malang Sarr Saudiya Arabistonining Neom klubiga o'tganidan so'ng agentlar hujumiga uchradi.
Senegal terma jamoasi futbolchisi Saudiya Arabistoni klubiga o'tganidan so'ng agentlar hujumiga uchradi: 27 yoshli markaziy himoyachi Sarr (sobiq Chelsi, Lans) o'zining Neom klubiga o'tishi bo'yicha bevosita klub prezidenti bilan kelishib olgan. Bu esa futbolchining atrofidagilarga umuman yoqmadi.
Malang saudiyaliklardan 3 yilga 15 million yevrolik shartnoma ishlab oldi, uning agentlari esa bitimdan bir tiyin ham olishmadi. Shundan so'ng ikki erkak Neom yig'in o'tkazayotgan Marbel'yadagi mehmonxonaga kelib, Sarrni jamoaviy kechki ovqatdan kuch bilan olib ketishdi.
Senegallik futbolchining agentlaridan biriga yaqin bo'lgan bosqinchilar unga tarsaki tushirib, pul sababli tahdid qilishgan. Sarr politsiyaga murojaat qilmadi, ammo bu haqda klubga xabar berdi va klub futbolchi xavfsizligini kuchaytirdi, — deya xabar bermoqda RMC Sport, L’Equipe.
Ko'rinishidan, bu Saudiya futbolidagi ilk bulling holati. Bunday katta pullar istalgan odamning boshini aylantirib qo'yishi mumkin.
«Inter» futbolchisi Andi Diuf Zinedin Zidan boshchiligidagi Fransiya terma jamoasining Millatlar ligasi uchun dastlabki ro'yxatiga kiritildi.
Andi Diufning mavsum boshidagi yorqin o'yini e'tibordan chetda qolmadi: «Inter» qanot futbolchisi Zinedin Zidanning Millatlar ligasidagi bo'lajak to'rtta o'yin uchun Fransiya terma jamoasining dastlabki ro'yxatiga kiritildi!
RMC xabariga ko'ra, Zion Suzuki katta ehtimol bilan PSJda qoladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
📰 RMC xabariga ko'ra, Zion Suzuki katta ehtimol bilan PSJda qoladi.
PSJ va Yuventus o'rtasida barcha kelishuvlar yakuniga yetgan edi. Biroq, so'nggi soatlarda bitimni rasmiylashtirish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga keldi va yaponiyalik futbolchi poytaxt klubida qolishga qarshi emas.