Kecha mahalliy hokimiyat organlari «Olimpiakos» muxlislarining payshanba kungi o'yinga tashrif buyurishini taqiqlagani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. Biroq keyinroq rasmiylar qo'shimcha resurslarni jalb qila olganliklarini va taqiq bekor qilinganini xabar qilishdi.
Bunday vaziyat yunon klubini qoniqtirmadi. «Olimpiakos» bayonot bilan chiqib, Fransiya rasmiylarining xatti-harakatlarini qoraladi va payshanba kuni mehmonlar sektori bo'sh qolishini ma'lum qildi. Shuningdek, ular allaqachon yetib kelgan barcha «Olimpiakos» muxlislarini imkon qadar tezroq Marselni tark etishga chaqirishdi, chunki mahalliy hokimiyat xavfsizlikni ta'minlashiga ishonch bildirishmayapti. Bundan tashqari, klub UEFAga murojaat qilib, mehmonlar sektori uchun chiptalar qayta sotuvga chiqarilmasligini so'radi.
📰 RMC
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!