RMC Sport xabariga ko'ra, rasmiylar yakshanba kuni soat 20:45 da «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan PSJ va «Lion» o'rtasidagi o'yinni ko'chirish masalasini ko'rib chiqmoqda!
Bunga poytaxtda kutilayotgan namoyishlar va «Stad de Frans»da NFL o'yini o'tkazilishi munosabati bilan huquq-tartibot organlari kuchlarining misli ko'rilmagan darajada safarbar etilishi sabab bo'lmoqda.
Biroq, o'yinni dushanba kuniga ko'chirish ham «Oltin to'p» topshirish marosimi sababli parijliklarning taqvimini qiyinlashtirib qo'yishi mumkin.
Hozircha rasmiy qaror qabul qilinmagan va o'yin qoldirilishi mumkin bo'lgan sana noma'lumligicha qolmoqda.
Ushbu vaziyat har ikki klub taqvimiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!