Seshanba kuni klub rahbariyati (sport direktori Gregori Lorensi va bosh direktor Alban Yuster) hamda bosh murabbiy Bruno Jenezyo ultras vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Stefan Rishar iyun oyida muxlislar bilan uchrashgani uchun bu gal qatnashmadi.
Uchrashuv taxminan bir yarim soat davom etdi. Muhokama qilingan mavzulardan biri Balerdi bo'ldi.
Uchrashuvning yakuniy qismi klubning moliyaviy kelajagi haqidagi bahslar tufayli biroz keskinroq o'tdi. Xususan, yaqinda Matye Valbuena bilan suratga tushgan Rashid Zerual yana Frenk Makkortga «aql o'rgatishga» qaror qildi. Zerual undan klub sport ambitsiyalarini saqlab qolish uchun investitsiyalarni davom ettirishni yoki klubni boshqa egasiga sotishni talab qildi.
Yillar o'tsa-da, Rashidning katta siyosat o'ynashga bo'lgan xohishi o'zgarmayapti. Benatiya davrida u bunday fikrlarni bildirishdan qo'rqardi.😁
📰 L'Equipe xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!