Yan Ziolkovskiy "Roma"ni tark etishi mumkin
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 26

Yan Ziolkovskiy "Roma"ni tark etishi mumkin

Yan Ziolkovskiy "Roma"dan ketishi kutilayotgan futbolchilardan biri.

O'tgan mavsumda yosh markaziy himoyachi kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va Jan Pero Gasperini ishonchini to'liq oqlay olmadi. "Jallorossi" Varshavaning "Legiya" klubi sobiq futbolchisi bo'yicha tushayotgan takliflarni ko'rib chiqmoqda va birinchi navbatda uning transferidan foyda ko'rishni maqsad qilgan.

Il Messaggero gazetasi bugungi sonida xabar berishicha, Ziolkovskiyga Saudiya Arabistonidan qiziqish bor: himoyachi bilan "Neom" klubi qiziqmoqda. "Roma" futbolchini taxminan 20 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!