🚨 Antonio Konte o'zining «Tottenxem»dagi davri va Daniel Levi bilan bo'lgan suhbat haqida gapirib berdi.
Men «Tottenxem»ga vaziyatni biroz o'zgartirish ambitsiyalari bilan kelganman, bunga qisman u yerda [Fabio] Paratichi ishlagani sabab bo'lgan. Men kelganimda jamoa to'qqizinchi o'rinda edi. Biz mavsumni to'rtinchi o'rinda, «Arsenal»dan oldinda yakunladik.
Men bir safar o'yinni yuta olmaganimiz yoki durang o'ynaganimizni eslayman va Daniel Leviga yozgandim. U menga: „Xavotir olma, keyingi o'yinda yutamiz“, deb javob berdi.
Men o'shanda: „Bu nima degani...?“ deb o'ylaganman. Men unga doim: „Qara!“ derdim. 😡
Meni eng ko'p jahlimni chiqargani, atrofimdagi odamlar: „«Tottenxem» hech qachon hech narsa yutmaydi“, deyishardi. Ular omadsiz, deyishardi.
Ularning ustidan kulishardi. Hozir ham kulishda davom etishmoqda. Masalan, «Arsenal» «Brayton»ga 0:3 hisobida yutqazganda, ular hazillashishdi: „«Arsenal» «Tottenxem»ga aylanib qoldi“. Tushunyapsizmi? Ishoning, bu meni juda jahlimni chiqargan. 😬
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!