Premer-liga klublari «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilganidan so'ng, unga qarshi sud da'vosini tayyorlamoqda. Bir nechta jamoalar qanday kompensatsiya olishlari mumkinligini aniqlash uchun allaqachon kuchli huquqshunoslarni yollashgan va klublar bu borada o'zaro muhokamalar olib borishmoqda. Ayrim klublar «Man Siti» qoidabuzarliklari tufayli Chempionlar ligasiga chiqa olmaganliklarini va shu sababli homiylardan tushadigan mablag'dan quruq qolganliklarini da'vo qilishlari mumkin.
The Athletic xabariga ko'ra, bu jamoaviy da'vo bo'lishi mumkin — Premer-liga klublari kompensatsiya talab qilish uchun birlashadilar. Huquqshunoslar allaqachon ish boshlashgan va bu jarayon hukm chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Savioning transferini qaytarib olamizmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!