Harri Keyn Maurisio Pochettinoning «Manchester Yunayted»ga o'tishi haqida:
U haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman. Faoliyatimning o'sha bosqichida u rivojlanishim uchun juda ko'p narsa berdi. U top-klublar qatorida bo'lmagan juda yosh jamoani qabul qilib oldi va yakunda bizni ketma-ket ikki marta chempionlik poygasiga olib chiqdi hamda Chempionlar ligasi finaliga yetakladi.
«Yunayted» klubni kutilgan darajaga qaytarish uchun hamma narsani qiladigan ajoyib murabbiyni qo'lga kiritadi.
Harri Keyn Maurisio Pochettinoning uning faoliyati va rivojlanishiga ta'siri haqida:
Maurisio bilan munosabatlarimiz a'lo darajada. Men u faoliyatim va rivojlanishimga kuchli ta'sir ko'rsatgan murabbiylardan biri ekanligini allaqachon aytganman.
Faoliyatimning o'sha bosqichida uning ko'rsatmalari menga juda zarur edi. Uning meni maydonda ham, maydon tashqarisida ham ruhlantirishi juda katta yordam berdi.
U dunyoning eng katta klublarida ishlagan. Shuning uchun u haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman.
Nima bo'lishini kutib ko'ramiz. Ammo bilamanki, u ajoyib inson va fantastik murabbiy.
Harri Keyn APLdagi gollar rekordi uchun ligaga qaytish ehtimoli haqida:
Hozir bor e'tiborimni «Bavariya»ga qaratganman. Bizda ajoyib jamoa va fantastik murabbiy bor, men bu yerda juda baxtliman. Albatta, oldimizda hali ko'plab maqsadlar bor va biz «Bavariya» bilan yangi muvaffaqiyatlarga erishmoqchimiz. Biz Chempionlar ligasida g'olib chiqishni, Bundesligada hukmronlikni davom ettirishni va o'tgan mavsumda qo'lga kiritgan sovrinlarimizni himoya qilishni istaymiz. Faoliyatim va hayotim davomida shuni tushundimki, har doim ham hamma narsani o'zing nazorat qila olmaysan.
Ba'zida shunchaki voqealar rivojiga qo'yib berish, o'zingga ishonish va tinimsiz mehnat qilish kerak. Hozirgi vaqtda mening asosiy ustuvor vazifam shu.
Men APL tarixidagi gollar soni bo'yicha rekordni yangilash imkoniyatini hech qachon istisno qilmayman. Ammo hozir bu mening asosiy maqsadim emas.
Keyn hisobida APLda 213 ta gol bor. Alan Shirer rekordiga yetib olishi uchun unga 47 ta gol qoldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!