Chelsea xodimlari klub ma'lumotlarini oshkor qilmaslik haqida ogohlantirildi
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●● Umumiy 👁 18

Chelsea xodimlari klub ma'lumotlarini oshkor qilmaslik haqida ogohlantirildi

Chelsea rahbariyati xodimlarga klubga oid har qanday ma'lumotni ehtiyotkorlik bilan saqlash bo'yicha eslatma yubordi.

Gap birinchi navbatda Tottenham bilan o'yindan oldin Joau Pedro maydonga tushmasligi haqidagi ma'lumot erta tongdanoq oshkor bo'lib ketgani bilan bog'liq vaziyat haqida bormoqda. Bunga Chelsea xodimlaridan biri uni Fantasy tarkibidan olib tashlagani va kimdir bu haqda bilib qolgani sabab bo'lgan.

Hozircha hech kimga o'ynash taqiqlanmayapti, ammo xodimlardan ehtiyotkorroq bo'lish so'ralmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!