#Ian Rayt — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Bukayo Saka «Arsenal» tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 4-o'ringa ko'tarildi

Bukayo Saka «Arsenal» tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 4-o'ringa ko'tarildi

Bukayo Saka «Arsenal» safida Premer-ligada 82 ochko jamg'arib, klub tarixidagi eng yaxshi natijalar bo'yicha 4-o'ringa ko'tarildi.

Bukayo Saka o'z gollari va assistlari bilan «Arsenal»ga Premer-ligada allaqachon 82 ochko keltirdi 💪

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u Ian Raytni ortda qoldirdi va endi klub tarixida yakka o'zi 4-o'rinni egallab turibdi.

O'ng ustun yangiliklari

Mikel Arteta Ian Raytning Martinelli haqidagi tanqidlariga munosabat bildirdi

Mikel Arteta Ian Raytning Martinelli haqidagi tanqidlariga munosabat bildirdi

Mikel Arteta Ian Raytning Martinelli haqidagi tanqidlariga munosabat bildirib, o'yinchilar bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Mikel Arteta Ian Raytning Gabriel Martinelli borasidagi ommaviy chiqishidan juda xafa bo'lganini aytdi.

Martinelli bilan adolatli munosabatda bo'lindi-mi? Ayniqsa, Ian Raytning bu boradagi tanqidlaridan keyin.

🗣 Arteta:

Raytning izohlaridan juda hayratdaman, chunki biz Gabi bilan kiyim almashtirish xonasida shaxsan gaplashib olganmiz. Bir-birimizga aytgan barcha gaplarimiz minnatdorchilik ifodasi edi. Bilmadim. Hammasi joyida. Ba'zida yomon yoki kutilmagan xabarlarni yetkazish kerak bo'lganda, kimdir qattiqqo'l bo'lishi kerakligini tushunaman. Agar bu odam men bo'lishim kerak bo'lsa, demak, men shunday bo'laman. Buni qabul qilaman. Ammo eng muhimi, uch oy, olti oydan keyin nima bo'lishi.

Trossard o'tgan hafta "Chelsi"ga qarshi o'yinga qaytganida, u kiyim almashtirish xonasida barchamiz bilan birga edi. Umuman olganda, klubni tark etgan barcha o'yinchilar bilan o'rnatgan munosabatlarimiz bir paytlar juda yaxshi bo'lgan. Umid qilamanki, hozir ham hammasi aynan shunday.

Ian Rayt: Kobbi Meynu maydonga tushirilishi kerak edi

Ian Rayt: Kobbi Meynu maydonga tushirilishi kerak edi

Ian Rayt «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabini Kobbi Meynudan foydalanmagani uchun tanqid qildi.

Ian Rayt:

«O'yinni kuzatib o'tirib, Kobbi ham zaxirada borligini, uni maydonga tushirish mumkinligini o'ylaysan.

Ammo u haqida hech kim o'ylamadi. Hamma narsa faqat himoyadagi o'yinga bog'liq bo'lib qoldi».