❓ "Barselona" klubi Lamin Yamal nomzodini "Oltin to'p"ga ilgari surayotgani, garchi klubda boshqa nomzodlar ham bo'lsa-da, bu haqida nima deb o'ylaysiz?
🗣 Rodri: "Men buni mutlaqo qonuniy va normal holat ekanligini aytganman. Klub aynan u ushbu sovrinni loyiq deb hisoblaydi va menda bunga qarshi hech qanday e'tiroz yo'q. Biroq, ko'plab o'yinchilarda uni qo'lga kiritish uchun yetarli dalillar bor degan fikrdaman. Bu jamoada Pau ham, boshqa ko'plab o'yinchilar ham aqlbovar qilmas darajani namoyish etishdi. Yakunda har bir klub o'zi xohlagan futbolchini qo'llab-quvvatlash uchun kampaniya olib boradi".
❓ Rafinya va Pedrining nomzodlar ro'yxatida yo'qligi haqida nima deya olasiz?
🗣 Rodri: "Shubhasiz, ular u yerda bo'lishlari kerak edi deb hisoblayman. Pedri o'tgan mavsum davomida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Rafinyada esa jarohat bilan bog'liq ba'zi muammolar bo'lgani rost, ammo u shunday darajani ko'rsatmoqdaki, nega o'ttizta nomzod qatoriga kirmaganini tushunish qiyin".
❓ Rafinyadan bunchalik yuqori darajani kutganmidingiz?
🗣 Rodri: "Men u bilan bu haqda gaplashganman. Unga shunday dedim: "Axir "Lids"da sen himoyadan hujumga o'tarding, markazga ko'chib o'tarding, bir nechta gollar urarding, endi esa "to'qqizlik" pozitsiyasida o'ynayapsan va men senga hayrat bilan qarayapman". Yaqinda hatto undan so'radim: "Senga "to'qqizlik" pozitsiyasida o'ynash yoqadimi? Barcha bu harakatlar?" U ilgari bu unga yoqmaganini, endi esa juda yoqa boshlaganini aytdi. Bu futbolchilar ulkan o'sishga qodir ekanligini ko'rsatadi. Balki boshida ular bunday darajaga yetmas, lekin vaqt o'tishi bilan unga chiqishlari mumkin. Bu hayratlanarli. Rafinya — meni eng ko'p hayron qoldirgan futbolchi".
❓ Yaqinda "Barselona"ning bir nechta futbolchisi Chempionlar ligasiga bo'lgan "obsession" (qattiq ishtiyoq) haqida gapirdi. Bunday ishtiyoq teskari ta'sir ko'rsatishidan qo'rqmaysizmi? Va bu jamoa turnirni yutish uchun yetarlicha kuchlimi?
🗣 Rodri: "Menimcha, ular ishtiyoq haqida gapirganda, birinchi navbatda Chempionlar ligasi doimo ko'z oldida turgan maqsad ekanligini nazarda tutishgan. Klub bu turnirni ko'p yillardan beri yutmaganini bilamiz va nimadir o'zgarishi kerakligini anglaymiz. Aynan shuning uchun ham bunday loyiha yaratilgan. "Barselona" maqsadga yaqinlashib bormoqda. Jamoa yarim finalga chiqqan mavsum ham bo'lgan, o'tgan yili esa chorak finalda chiqib ketdi. Biz allaqachon ushbu hal qiluvchi bosqichlarga yetib bormoqdamiz, ammo bizga so'nggi qadam yetishmayapti. Albatta, menda Chempionlar ligasini yutishga qodir jamoa bor deb hisoblayman. Aytgancha, bu mening "Barsa"ga o'tishim sabablaridan biri edi. Potensial jihatdan bu sovrinni yutish imkoniyati eng yuqori bo'lgan klub deb bilaman. Biroq, bu biz favoritmiz degani emas. Mening nazarimda, yo'q. Favorit — yaqinda o'z kuchini isbotlagan jamoa, ya'ni PSJ. Agar sovrinni qo'lga kiritmoqchi bo'lsak, biz ular bilan bir darajada bo'lishimiz yoki ulardan ustun kelishimiz kerak".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!