🗣️ Ueyn Runi "Siti" chempionlik unvonlaridan mahrum etilishi mumkinligi haqida:
"Rostini aytsam, yana bir APL medalini qabul qilib olish menga noqulaylik tug'dirgan bo'lardi. Biz uni munosib deb o'ylamayman: 2011/12-yilgi mavsumda chempionlik uchun yetarlicha harakat qilmadik. Finishga to'rt yoki besh tur qolganida olti yoki yetti ochkolik ustunlikka ega edik, ammo uni qo'ldan chiqardik. Men so'nggi kunlarda paydo bo'lgan barcha xabarlarni ko'rdim va o'zimni "Manchester Siti" futbolchilari o'rniga qo'yib ko'rishga harakat qildim. Ular Premer-ligani yutish uchun qo'lidan kelganini qilishdi va bunga erishgan deb hisoblashadi. Agar futbolchilar maydon tashqarisida sodir bo'layotgan voqealardan bexabar bo'lishgan bo'lsa, ularga hozir juda qiyin bo'lishi kerak. Balki, ularning medallarini olib qo'yishar, lekin men bunday medalni olishni istamasdim."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!