Morgan Rojers TNT Sports nashriga bergan intervyusida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Chelsi»dagi faoliyatimning boshlanishi? Men juda mamnunman. Bu yangi chaqiriq edi va men ushbu ajoyib, yuqori saviyali futbolchilar bilan birga o'ynash imkoniyatini intiqlik bilan kutgandim.
Asosiysi — jamoa birlashib, yagona butunlikka aylanishi. Men esa yetakchilik fazilatlarimni namoyish etishga va o'zimning eng yaxshi jihatlarimga sodiq qolishga harakat qilaman.
Koul Palmer bilan do'stona «raqobat» haqida:
Ha, bizda do'stona raqobat bor. Biz har kuni bir-birimizni yaxshiroq bo'lishga undaymiz. Agar ikkalamizning ham ishimiz yurishsa va jamoa yaxshi natijalar ko'rsatsa, bu eng muhimi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!