Romeo Lavia «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g'alaba haqida:
«Mening vazifam – oldingi chiziqdagi va atrofimdagi jamoadoshlarimga yordam berish. Buni uddalaganimdan va jamoaga muhim g'alabani qo'lga kiritishda ko'maklashganimdan xursandman».
«O'zimni juda qulay his qilyapman. Avval ham aytganimdek, so'nggi haftalarda klub va mashg'ulotlar bazasida ko'zga ko'rinmaydigan ulkan ishlar qilindi. Mehnatlarimiz samara berayotganidan xursandman va bu davom etishiga umid qilaman».
«Bu juda muhim o'yin va g'alaba edi. Jamoaviy harakatlar ajoyib bo'ldi. Asosiy tarkibdagilardan tortib zaxiradan maydonga tushganlargacha barchasi o'yinga to'liq kirishdi. Bu kelajakda bizdan nimalar kutish mumkinligini ko'rsatib berdi».
«Birinchi bo'limda raqib yaratgan vaziyatlar bizning xatolarimiz evaziga yuzaga kelgani aniq edi. O'yinni nazorat qilsak-da, ba'zida shoshilib qoldik. Tanaffusda bizga aynan shu kichik detallarni to'g'rilashni, qolganini esa o'zgartirmaslikni aytishdi. O'ylayman-ki, buni uddaladik va darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik, shuning uchun bu juda yaxshi g'alaba».
«G'alabadan juda xursandmiz, ammo oldinga qarab shoshilmayapmiz. Biz diqqatimizni jamlaganmiz va bu jarayon ekanligini tushunamiz. Bugun yaxshi kun va bunday o'yin biz nimalarga qodir ekanligimizning yaxshi ko'rsatkichidir».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!