Luis de la Fuente: "Florian Virtsni Ispaniya terma jamoasida ko'rishni istardim"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts haqida fikr bildirdi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente SportBild nashriga bergan intervyusida nemis futbolchilari orasida kimni o'z tarkibida ko'rishni istashi haqidagi savolga javob berdi:
Florian Virts! U ajoyib o'yinchi. Afsuski, uning Ispaniya pasporti yo'q! Biroq, menga uning o'yin uslubi juda yoqadi.