Arsenal Kristian Kofane bilan qiziqmoqda
Aleks Xauell xabariga ko'ra, «Arsenal» «Bayer» hujumchisi Kristian Kofaneni kuzatmoqda. Futbolchi ayni damda jarohatidan tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.
Aleks Xauell (ishonchli manba): «Arsenal» hujum chizig'ini kuchaytirish variantlarini qidirish doirasida Leverkuzenning «Bayer» klubi hujumchisi Kristian Kofane kuzatuv ostiga olgan.
Hozirgi vaqtda futbolchi son qismi jarohatidan tiklanmoqda. O'tgan mavsumda u Chempionlar ligasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushgan edi.