Xabi Alonso 10 ta o'yinda bor-yo'g'i 16 ochko jamg'ardi. 📊🔵
10 ta turdan so'ng uning natijasi «Chelsi»ning avvalgi ikki bosh murabbiyi — Liam Rosenior (17) va Entso Mareska (18) ko'rsatkichidan pastroq.
Vaziyat Maurisio Pochettino davridagi mavsumni biroz eslatmoqda. O'sha vaqtda murabbiy dastlabki 10 ta o'yinda 12 ochko to'plab, ko'plab jarohatlar bilan bog'liq muammolarga duch kelgandi. Biroq mavsumning ikkinchi yarmida u vaziyatni o'nglashga muvaffaq bo'lgan.
Xabi Alonso yaqinda Jeymi Karragerga bergan intervyusida hozirgi «Chelsi» va may oyida ko'radiganimiz «Chelsi» ikki xil jamoa bo'lishini ta'kidlagandi.
Faqat ishonish va kuzatish qoldi 🧘🏻♂️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!