Koke Chempionlar ligasidagi o'yinlari soni bo'yicha rekordini yangilaydi
Koke Chempionlar ligasidagi o'yinlari soni bo'yicha rekordini yangilash arafasida turibdi.
Koke allaqachon Chempionlar ligasida «Atletiko» safida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Agar u bugun maydonga tushsa, turnirdagi 120-uchrashuvini o'tkazadi, Xabi Alonsoni ortda qoldiradi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha ispaniyalik futbolchilar orasida sakkizinchi o'ringa ko'tarilib oladi.