Marca xabariga ko'ra, so'nggi kunlarda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, Markos Lyorente o'z kelajagi borasida aniq qarorga kelgan: u «Atletiko Madrid» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi va klub tarixidagi buyuk afsonalardan biriga aylanib, faoliyatini aynan shu yerda yakunlamoqchi.
Shuningdek, u kelajakda Koke va Oblakdan sardorlik bog'ichini qabul qilib olishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!