Xabi Alonso «Arsenal»ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●● Matbuot 👁 23

Xabi Alonso «Arsenal»ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi

Xabi Alonso «Arsenal»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida asosiy fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida:

O'yin turlicha kechdi, uchrashuv davomida tashabbus bir jamoadan ikkinchisiga o'tib turdi. Biz yaxshi boshladik, ammo keyin 15 daqiqa davomida raqib bizni jiddiy bosim ostida ushlab turdi. Biz past himoyalanishga majbur bo'ldik va to'pni qaytarib olishda qiynaldik. Bu chidash kerak bo'lgan og'ir palla edi.
Tanaffusda buni muhokama qildik. O'yin juda teng va shiddatli kechdi, shuning uchun raqibga ustunlik bermaslik uchun maksimal konsentratsiya talab qilinardi. Ikkinchi gol urilgan vaziyatda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi, lekin bunday holatlar bo'lib turadi.
Bu raqib seni o'z chegarangda o'ynashga majbur qiladigan yuqori saviyadagi jamoa. Biz oxirigacha kurashishda davom etdik va katta xohish ko'rsatdik. Estevaoda bizni o'yinga qaytarishi mumkin bo'lgan vaziyat bo'lgandi.

Ochiq futbol haqida:

Men oxirigacha natija uchun kurashishimizni istayman. Birinchi daqiqadan boshlab chuqur himoyaga o'tirib olish va faqat mudofaalanish niyatida emasdik – biz pressing orqali o'z o'yinimizni o'tkazmoqchi edik.
Ko'p narsani to'g'ri qildik, ammo xulosa chiqarish va yaxshilash kerak bo'lgan jihatlar ham bor. Bu eng yuqori saviya va biz o'yinning barcha bosqichlarida maksimal darajada samarali bo'lishni istaymiz.
Biz uchun bu «Chelsi»dagi yangi bosqichning uchinchi o'yini. Men o'yinchilarning kayfiyati va munosabatidan mamnunidan mamnunman.

Joriy mavsumdagi yettita o'tkazib yuborilgan gol haqida:

Mening asosiy vazifam – g'alaba qozonish, buni esa bunchalik ko'p gol o'tkazib yubormasdan amalga oshirish ancha osonroq. Biz ustida ishlashimiz kerakligi aniq. Himoyada ishonchliroq o'ynashni, vaziyatlardan yaxshiroq foydalanishni va muvozanatli jamoaga aylanishni istaymiz. Ammo bunga vaqt kerak.

Jamoasi haqida bilib olganlari haqida:

Biz g'alaba qozonishni va tengma-teng kurashishni istagandik. Kerakli saviyadan unchalik uzoq emasligimizni tushunamiz, ammo bugun barchasi raqib foydasiga hal bo'ldi. Agar hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirganimizda, o'yin qanday davom etishini hech kim bilmaydi. Albatta, mag'lubiyatni og'riqli qabul qilish kerak. Biz xafamiz, hafsalamiz pir bo'ldi, ammo bu bor-yo'g'i birinchi mag'lubiyat.

Kaysedoning jarohati haqida:

Gap uzoq muddatli jarohat haqida ketmayapti, ammo xavflarni to'g'ri baholashimiz kerak. Balki o'tgan hafta uni juda erta qaytargandirmiz va men yana o'sha xatoga yo'l qo'yishni istamayman.

Kaysedo va Koluillning yo'qligi haqida:

Mag'lubiyatdan so'ng doim yetishmayotgan o'yinchilar haqida gapirish oson. Barcha murabbiylar jarohatlar va diskvalifikatsiyalar bilan to'qnash kelishadi. Albatta, ular bizga kerak – bular yuqori saviyadagi o'yinchilar va ular bilan jamoamiz kuchliroq.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!