Xabi Alonso: «Natija biz kutgandek bo'lmadi»
Xabi Alonso jamoasining so'nggi o'yini, Estevao, Lakrua va Pendersning holati haqida gapirdi.
Xabi Alonso matbuot anjumani:
O'yin haqida:
«Albatta, natija biz kutgan va istaganidek bo'lmadi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik, oldinga qadam tashladik, dadil o'ynadik. Bahs juda teng kurashlar ostida o'tdi. Bu turnirda biz uchun kichik muvaffaqiyatsizlik bo'ldi».
Estevao nima uchun o'ynamagani haqida:
«Biz o'yinni oldingi chiziqda Pedru, Danni va Morgan bilan boshladik. O'yinda juda yuqori intensivlikdagi daqiqalar bo'ldi va biz bahs jismonan og'ir kechishini bilardik. Malo ham [almashtirishga majbur bo'ldik], unda mushaklar tortishishi kuzatildi. Biz mavsum uzun bo'lishini va har kim o'z imkoniyatiga ega bo'lishini bilamiz».
«Albatta, uning holatini tushunib turibman va shubhasiz, u bundan xursandroq bo'lishi mumkin edi. U o'ynashni va jamoaning bir qismi bo'lishni istaydi. Hammasining o'z vaqti bor. Ishonchim komilki, Estening o'z daqiqalari keladi — bu mening mas'uliyatim. O'yin oxirida biz [zaxira tanlashda] ancha cheklangan edik».
Lakrua jarohati haqida:
«U son qismida nimadir his qildi. Kelgusi bir necha kun ichida uning holatini tekshirib ko'rishimiz kerak».
Emeganing debyut o'yinida penaltidan foydalana olmagani haqida:
«Debyut qilib, o'zi va biz uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatda qolish og'ir. U har bir tajribadan saboq olishi kerak. Bugun bu tajriba qayg'uli bo'lib chiqdi».
Pendersning o'yini haqida:
«U haqiqatan ham ishonchli ko'rindi. U yaxshi xotirjamlik namoyish etdi. Shanba kuni sodir bo'lgan voqealardan so'ng u vaziyatni yaxshi boshqardi».
Estevaoning jismoniy holati haqida:
«Biz Premer-liga va Angliyadagi o'yinlar juda yuqori intensivlikda o'tishini bilamiz. Bunga tayyor bo'lish kerak. Este o'zining ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda, u jarohat olgandi. Bu ko'p vaqt talab qilmaydi».