Real Madridda Valverde, Tchuameni, Mbappe va Vinisiusning moslashuvi borasida xavotirlar mavjud
The Athletic jurnalisti Kortegana Real Madridda Valverde, Tchuameni, Mbappe va Vinisiusning o'zaro moslashuvi bilan bog'liq muammolar borligini ma'lum qildi.
The Athletic jurnalisti Kortegana xabariga ko'ra, «Madrid»da Valverde va Tchuameni maydonda birga o'ynash uchun mos emas degan fikrlar paydo bo'lgan. Xususan, klubda bunday tayanch yarim himoyachilar juftligi bilan jamoada ijodkorlik borasida muammolar yuzaga kelayotgani ta'kidlanmoqda.
«Bundan tashqari, «slivochnie» Mbappe va Vinisiusni ham bir-biriga mos emas deb hisoblashmoqda. Har kuni klubda ushbu muammoga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Fransiyalik va braziliyalik futbolchilar o'rtasidagi munosabatlar yaxshi bo'lishiga qaramay, ular maydonda bir-biri bilan yomon hamkorlik qilishmoqda», — deydi Kortegana.