Vinisius 7 o'yinlik golsiz seriyasiga chek qo'ydi — Madrid vingeri Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida penaltini aniq amalga oshirdi. 11 metrlik jarima zarbasini aynan Vinisiusning o'zi ishlab olgandi.
Anchelotti: "Vinisiusning hozirgi holati? Men uni juda yaxshi bilaman. U biz uchun fundamental o'yinchi va shunday bo'lib qoladi. Hozir Vinisius eng yaxshi formada emas, lekin hatto shunday holatda ham u maydonda hal qiluvchi rol o'ynashga qodir, xuddi bugungidek. Men Vinisiusga nisbatan juda sabrli bo'laman, chunki u bunga loyiq. Nega aynan Vinisius penaltini ijro etdi? O'sha vaqtga kelib Gimarays allaqachon gol urgandi, shuning uchun men Vinisius ham gol urish imkoniyatiga loyiq deb o'yladim".
Vinisius: "Gimarays — maydonda Rafinya bo'lmagan vaqtda bizning shtatdagi penaltichimiz. Shuning uchun men uni o'zi penaltini ijro etmoqchi deb o'ylagandim. Ammo u menga bu imkoniyatni taqdim etishga qaror qildi, chunki o'ziga bo'lgan ishonchni biroz tiklab olishim kerakligini biladi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!