Alonso "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Asosiy jihatlar:
🗣️ Jarohatlanganlar haqida:
Max Lakrua jarohat olgan, u terma jamoalar tanaffusigacha safga qaytmaydi. Kaysedoda hech qanday muammo yo'q, u ertangi o'yinga tayyor.
Martinesmi? Emining xalqaro tanaffusgacha qaytish imkoniyati bor. Kelasi haftada ko'rib chiqamiz, ammo imkoniyat mavjud. Agar u tayyor bo'lsa, ehtimol unga niqob kerak bo'ladi.
Pep Chavarriya o'yinga tayyor. Xato esa yo'q.
🗣️ Estevao haqida:
Uning munosabati bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. U mavsum boshidagi o'yinlar konteksti tufayli ko'p o'ynamayapti. U ajoyib yigit.
U yanvarda ketishi mumkinmi? Bu borada hech qanday suhbat bo'lmagan. Albatta, har bir futbolchi o'ynashni xohlashi sir emas. Men o'z tanlovim uchun javobgar bo'lishim va kimdir ba'zida norozi bo'lishiga tayyor turishim kerak. U Barko, Palestra, Uelbek va boshqa futbolchilar kabi qattiq shug'ullanmoqda. U o'z imkoniyatlariga ega bo'ladi, bu borada hech qanday shubha yo'q.
🗣️ O'yinga tayyorgarlik haqida:
Ruhiy jihatdan tayyormiz, jismoniy tomondan esa – bizda mashg'ulot uchun bir kun bor edi. APL haqiqati shunday – har doim ham xohlaganingni olmaysan.
Chorshanba kuni biz shanbaga qaraganda yaxshiroq ko'rindik, garchi natija bizni xursand qilmagan bo'lsa ham. Oldinda qiyin damlarda o'rganishimiz kerak bo'lgan katta yo'l turibdi.
🗣️ Raqib haqida:
Klub atrofidagi shov-shuv? Menimcha, bu hech narsani o'zgartirmaydi. Biz har doimgidek tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'yin davomida biz nazorat qila oladigan narsalarni nazorat qilishimiz kerak. Biz ularda turnir jadvalidagi o'rnidan qat'i nazar, yaxshi jamoa borligini bilamiz. Yaxshi tarkib, yaxshi futbolchilar, yaxshi murabbiy.
🗣️ Anselmino haqida:
Hozircha u tayyor emas. Uning sog'lig'ida bir nechta muammolar bo'ldi. Bir necha haftadan so'ng u safga qaytadi, ammo biz u bilan ehtiyotkor bo'lishimiz kerak.
🗣️ Fofana haqida:
Amalga oshira olmagan penaltisiga qaramay, u yaxshi o'yin o'tkazdi. U barqaror edi, yakkakurashlarda kuchli bo'ldi. Uning o'yinida ko'plab ijobiy jihatlarni ko'rdim. Biz u biz uchun muhim bo'lishini bilamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!