Emanuel Emega «Chelsi»da qoladi
Saymon Jonson xabariga ko'ra, Emanuel Emega kelayotgan mavsumni «Chelsi» safida o'tkazadi.
Saymon Jonson xabariga ko'ra, Emanuel Emega kelayotgan mavsumni «Chelsi» safida o'tkazadi. ✅
Saymon Jonson xabariga ko'ra, Emanuel Emega kelayotgan mavsumni «Chelsi» safida o'tkazadi.
Saymon Jonson xabariga ko'ra, Emanuel Emega kelayotgan mavsumni «Chelsi» safida o'tkazadi. ✅
The Athletic jurnalisti Simon Jonson xabariga ko'ra, «Strasbur» «Chelsi» futbolchisi Omari Kellimanni doimiy asosda o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
The Athletic jurnalisti Simon Jonson xabariga ko'ra, «Strasbur» «Chelsi» futbolchisi Omari Kellimanni doimiy asosda o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Kelishuvga futbolchini qaytarib sotib olish bandi ham kiritiladi.
Rayan Kavuma-Makkuin «Portsmut» mashg'ulotlar bazasiga yetib keldi. Futbolchining ijarasi tez orada rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Simon Jonson xabariga ko'ra, Rayan Kavuma-Makkuin «Portsmut» mashg'ulotlar bazasiga yetib kelgan. Futbolchi mavsumiy ijara asosida jamoaga o'tishi kutilmoqda va tez orada rasmiy e'lon berilishi kutilmoqda.
Rayan Kavuma-Makkuin kelasi hafta «Portsmut» safiga mavsumiy ijaraga o'tishi kutilmoqda. Bu haqda Simon Jonson xabar berdi.
Simon Jonson xabariga ko'ra, Rayan Kavuma-Makkuin kelasi hafta «Portsmut» safiga mavsumiy ijaraga o'tishi kutilmoqda. Futbolchi asosiy jamoa bilan mavsumoldi yig'inidan qaytganidan so'ng ushbu transfer amalga oshadi.
The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonson "Chelsi"ning yangi transfer siyosati va tajribali o'yinchilarga bo'lgan ehtiyoji haqida ma'lumot berdi.
The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonson "Chelsi" o'z transfer siyosatini nima uchun o'zgartirgani va nima sababdan Premer-liga tajribali o'yinchilariga ishonch bildirayotgani haqida fikr bildirdi:
BlueCo allaqachon jamoani tajribali futbolchilar atrofida qurishga uringan edi. 2022-yil yozida klub Rahim Sterling, Kalidu Kulibali va Pyer-Emerik Obameyangni tarkibga qo'shib olgandi, biroq ularning hech biri kutgan natijani bermadi.
Uchlikning muvaffaqiyatsizligi BlueCo 2023-yil yanvarida strategiyasini o'zgartirishiga asosiy sabab bo'ldi. Klub butunlay yosh futbolchilarga e'tibor qaratdi, ammo bu yondashuv ham kutilgan samarani bermadi. Jamoa APLda oltinchi, to'rtinchi va o'ninchi o'rinlarni egalladi, garchi Konferensiyalar ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan bo'lsa ham.
Danni Uelbek va Jordan Xendersonning transferi "Chelsi" transfer strategiyasidagi ongli burilishdir. Klub jamoaga tajriba, yetakchilik qobiliyati va hissiy yetuklik yetishmayotgani to'g'risida xulosaga keldi, shu bois bu yozda faqat yoshlarga emas, balki tajribali o'yinchilarga ham urg'u berildi.
BlueCo o'z modelini tuzatish zarurligini tan oldi. Bahorda Behdad Egbali loyihaga yoshlik va tajriba o'rtasidagi muvozanatni topish hamda jamoani yangi bosqichga olib chiqish uchun ko'proq tayyor futbolchilar kerakligini aytgandi.
Klubdagi manbalar ma'lumotiga ko'ra, Liam Rosenyor tayinlangandan so'ng darhol o'yinchilarga hissiy yetuklik yetishmayotganini ko'rsatib o'tdi. Uning fikricha, hakamlarning bahsli qarorlaridan yoki o'tkazib yuborilgan gollardan so'ng jamoa 10-15 daqiqaga konsentratsiyani yo'qotardi, bu esa ko'pincha natijaga ta'sir qilardi.
"Chelsi"da intizomni ham jiddiy muammo deb hisoblashadi. So'nggi uch mavsumda klub APLda Fair Play reytingi bo'yicha ikki marta eng yomon jamoa bo'ldi va bir marta qatordan oldingi o'rinni egalladi. Hatto jamoa yetakchilari ham muntazam ravishda keraksiz kartochkalar olishardi.
Xabi Alonso bilan muzokaralar chog'ida tomonlar jamoaga ko'proq "ruhiy jihatdan kuchli yigitlar" kerakligi borasida kelishib olishdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa ichida sog'lom muhitni shakllantirish uchun yosh va tajribali o'yinchilar o'rtasidagi to'g'ri muvozanat muhimligini ta'kidladi.
Yosh asosiy mezon emas. "Chelsi" kuchli xarakter va to'g'ri mentalitetga ega tayyor o'yinchilarni qidirmoqda. Aynan shu sababdan klub Maksans Lakrua, Morgan Rojers va Marko Palestra transferlarini, yoshlariga qaramay, maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
"Chelsi" Xendersonni kiyinish xonasidagi yetakchi sifatida ko'rmoqda. Klub uning mashg'ulotlardagi talablar darajasini ko'tarishiga, kerakli pallada gapirishdan cho'chimasligiga va professionallik namunasi bo'lishiga ishonch bildirmoqda.
Uelbek jamoaga ijobiy muhit olib kirishi kerak. U jamoani birlashtirish, sheriklarini qo'llab-quvvatlash va kiyinish xonasida to'g'ri muhit yaratish qobiliyati uchun qadrlanadi.
Xenderson o'tishidan oldin "Chelsi" Granit Jakani qo'lga kiritishga uringan, shuningdek, Jon Stounz bo'yicha ham so'rov yuborgandi. "Sanderlend" o'z sardorini sotishdan qat'iy bosh tortdi, Stounz esa "Inter"ga o'tishni ma'qul ko'rdi. Shundan so'ng klub ingliz futbolchisiga e'tiborini qaratdi.
"Chelsi"da Xenderson va Uelbekning klubdagi bir necha mavsumi ham ularning transferini to'liq oqlashiga ishonishadi. Rahbariyat ular kiyinish xonasiga yetakchilik fazilatlari, ijobiy muhit olib kirishiga va o'z tajribalari bilan yosh futbolchilarga yordam berishiga umid qilmoqda.
Xenderson va Uelbekning kelishi Ris Jeymsning sardorlik maqomiga ta'sir qilmaydi. Klubda ta'kidlashlaricha, kamgap bo'lishiga qaramay, Jeyms kiyinish xonasida hurmatga ega va uning yonida yana bir nechta yetakchilar paydo bo'lishi jamoaga faqat foyda keltiradi.
"Chelsi" 30 yoshdan oshgan o'yinchilarni xarid qilishni istisno etmaydi, biroq buni doimiy amaliyotga aylantirmoqchi emas. Klub o'z transfer strategiyasini qayta ko'rib chiqishga va natijalarga qarab moslashishga tayyor.
Simon Johnson xabariga ko'ra, «Chelsi» Valentin Barko transferini rasman e'lon qilishga yaqin turibdi.
Simon Johnson xabariga ko'ra, «Chelsi» Valentin Barko transferini rasman e'lon qilishga yaqin turibdi.
The Athletic nashri "Chelsi"ning yozgi transfer rejalari va tarkibni yangilash borasidagi niyatlarini oshkor qildi.
The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonsonning xabariga ko'ra, "Chelsi" yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun markaziy himoyachilarni ko'rib chiqmoqda. Jumladan, klub "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlangan 32 yoshli Jon Stounz nomzodiga qiziqish bildirmoqda.
"Chelsi" tajribali futbolchilar bilan tarkibni boyitmoqchi. Masalan, 34 yoshli Granit Jaka uchun qilingan taklif rad etilgan bo'lsa-da, bu klub yoshi katta o'yinchilarni jalb etishga tayyorligini ko'rsatadi. "Ko'klar" Maksans Lakrua bo'yicha rasmiy so'rov yuborgan, biroq u yagona variant emas. Shuningdek, Xakobo Ramon ham muqobil variant sifatida qaralmoqda. "Rayo Valyekano" bilan Pep Chavarrining transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Hujum chizig'i uchun "Bayer" vakili Kerim Alaybegovich ham kuzatuv ostida, ammo yangi xaridlar sotuvlarga bog'liq.
Kimlar klubni tark etishi mumkin?
"Chelsi" Nikolas Jeksonni 65 million funtga baholamoqda va "Aston Villa" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Jekson jamoa bilan Avstraliyadagi mavsumoldi turnesiga yo'l olishi kutilmoqda, biroq asosiy tarkibdagi o'rni xavf ostida. Agar munosib taklif tushsa, klub uning ketishiga qarshilik qilmaydi.
Liyam Delap va Emanuel Emega ham shunga o'xshash vaziyatda. Mark Giyu esa ijaraga yoki to'liq transferga qo'yilgan, klub uni 25 million funtga baholamoqda. Shuningdek, "Chelsi" Alexandro Garnacho uchun 50 million yevro talab qilmoqda, unga "Aston Villa" va Italiya klublari qiziqmoqda.
Pedru Netu "daxlsizlar" ro'yxatida emas, biroq klub uni yuqori baholaydi. Enzo Fernandes va Malo Gyusto uchun mos ravishda 120 va 75 million funtlik takliflar tushsa, klub ularni sotishga tayyor. "Komo" Trevo Chalobani o'z safiga qo'shib olish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda. Benua Badiashil va Aksel Disasi ham transfer bozoriga chiqarilgan.
Filip Yorgensen ko'proq o'yin amaliyoti uchun ketishni so'ragan, Gabriel Slonina esa "Strasbur" nishonida. Bundan tashqari, klub David Datro Fofana, Kendri Paes, Omari Kelliman, Deyvid Vashington, Kaleb Uayli va Shim Meukini ijaraga berish yoki sotish ustida ishlamoqda.
Jurnalist Saymon Jonsonning ma'lum qilishicha, "Chelsi" muxlislari Enso Fernandesning ismini e'lon qilishganda norozilik bildirishgan.
Jurnalist Saymon Jonsonning so'zlariga ko'ra, stadionda Enso Fernandesning ismi e'lon qilingan vaqtda tribunadan norozilik ohangidagi hushtaklar eshitilgan.
Saymon Jonsonning qayd etishicha, stadion diktori Enso Fernandesning ismini aytganida, muxlislar tomonidan hushtakbozlik kuzatilgan.
Simon Jonson xabariga ko'ra, «Chelsi» U-21 jamoasi himoyachisi Lendon Emenalo ijara asosida «Seltik» safiga o'tishi mumkin.
Simon Jonson xabariga ko'ra, «Chelsi»ning U-21 jamoasi himoyachisi Lendon Emenalo mavsum oxirigacha ijara asosida «Seltik» safiga o'tishga yaqin turibdi.
Kelishuv hali yakuniga yetmagan, futbolchiga Angliya va boshqa mamlakatlarning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.
Shunga qaramay, ayni damda «Seltik» transfer uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.
Simon Jonson xabariga ko'ra, Morgan Rojers chorshanba kuni «Chelsi» safida mavsumoldi mashg'ulotlariga kirishishi kutilmoqda.
Simon Jonson xabariga ko'ra, Morgan Rojers chorshanba kuni «Chelsi» safida mavsumoldi mashg'ulotlariga kirishishi kutilmoqda. Futbolchiga Angliya terma jamoasi safidagi jahon chempionatidan so'ng dam olish uchun qo'shimcha vaqt berilgan edi.
Koul Palmer va Levi Koluill «Chelsi» mashg'ulotlarida to'liq qatnashmayapti. Futbolchilar mashg'ulotni zaxira o'rindig'idan kuzatishmoqda.
🚨 Koul Palmer yakka tartibda, umumiy guruhdan alohida shug'ullandi, Levi Koluill esa mashg'ulotlarda umuman ishtirok etmadi.
Hozirda har ikki futbolchi jamoaning mashg'ulotini zaxira o'rindig'idan kuzatib bormoqda.
The Athletic nashri Chelsi klubining yozgi transferlar oynasidagi rejalarini oshkor qildi. Kimlar kelishi va kimlar ketishi mumkinligi haqida batafsil.
📰 Saymon Jonson The Athletic nashrining yangi sonida Chelsi jamoasidagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi:
💬 Chelsi qaysi pozitsiyalarni kuchaytirmoqchi?
Klub Kerim Alaybegovichni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Biroq, u asosiy tarkibni darhol kuchaytiradigan o'yinchi emas, balki kelajak uchun sarmoya sifatida ko'rilmoqda. Chelsi transfer bo'yicha 25-30 million yevro atrofida kelishib olishni rejalashtirgan, ammo iqtidorli futbolchi uchun raqobat juda yuqoriligini tushunib turibdi.
Hozirgi vaqtda Xendersonning transferi amalga oshsa, klub qo'shimcha yarim himoyachilarni sotib olishni rejalashtirmayapti. Maydon markazida Chelsi yetarli variantlarga ega, jumladan, u yerda Ris Jeymsdan foydalanish imkoniyati ham bor.
Yaqin vaqt ichida Strasburdan ketishini tasdiqlagan Valentin Barko Chelsi safiga qo'shilishi kerak. Argentinalik futbolchi ham markazda, ham chap qanotda o'ynay oladi.
O'tgan hafta Chelsi Jon Stounzga qiziqish bildirgan edi, biroq bu Maksans Lakrua 52 million funtga sotib olingunga qadar sodir bo'lgan. Hozirda Stounz Interga o'tish bo'yicha kelishuvga erishgan.
Shuningdek, Xakobo Ramonga qiziqish saqlanib qolmoqda, garchi Lakrua kelganidan so'ng klub himoya markazida o'zini ancha ishonchli his qilayotgan bo'lsa ham.
Rayo Valyekanodan Pepu Chavarrini sotib olish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda, ammo tomonlar hozircha transfer summasi bo'yicha kelisha olmayapti. Shu bilan birga, Chelsi ushbu pozitsiyani kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda.
Klub uchinchi darvozabon masalasini ham hal qilmoqda. Filip Yorgensen ketganidan so'ng, Robert Sanches va Mayk Penders birinchi raqamli darvozabon bo'lish uchun kurashadilar. Yangi darvozabon sotib olinmasligi va akademiya tarbiyalanuvchisi Teddi Sharman-Lou asosiy tarkibga jalb etilishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, klub ichida hozirda Strasburda shug'ullanayotgan Gabriel Slonina nomzodi ham muhokama qilingan.
💬 Kim klubni tark etishi mumkin?
Xabi Alonso yakuniy qaror qabul qilishdan oldin tarkibni shaxsan baholamoqchi, biroq Uelbekning ehtimoliy transferi ba'zi hujumchilar uchun vaziyatni yanada murakkablashtiradi.
Chelsi 65 million funtga baholayotgan va Aston Villa qiziqish bildirayotgan Nikolas Jekson ta'tildan so'ng Avstraliya va Osiyodagi mavsumoldi turnesida jamoaga qo'shiladi.
Bu Alonsoga Jeksonni Liam Delap bilan solishtirish imkonini beradi. Ikkalasi ham Angliyada, ham xorijda talabga ega va ulardan biri sotib yuborilishi ehtimoli yuqori.
Hozirda son qismidagi jarohatidan tiklanayotgan Emanuel Emega ham tarkibdagi o'rnini kafolatlamagan.
Mark Giyu bo'yicha Chelsi qaror qabul qilib bo'ldi — uni ijaraga berish yoki sotish kerak. Hujumchiga ko'plab Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda, londonliklar esa 25 million funt atrofida mablag' ishlab olishni kutishmoqda.
Pedru Netu klub sotishni istamaydigan futbolchilar ro'yxatiga kirmaydi, biroq Chelsi uni juda yuqori baholaydi, shuning uchun uning transferi uchun juda jiddiy taklif kerak bo'ladi. Enzo Fernandes va Malo Gyusto bilan ham xuddi shunday vaziyat, agar mos ravishda 120 million va 75 million funtlik takliflar tushsa, klub ularni qo'yib yuborishi mumkin.
Chelsi Komo bilan Trevo Chalobani sotish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Londonliklar 35 million funtgacha bo'lgan summani kutishmoqda, ammo kelishuvga hali erishilmadi.
Aksel Disasi taxminan 25 million funtga, Benua Badiashile esa 30 million funtga sotilishi kutilmoqda.
Aaron Anselmino jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazmoqda, ammo uning kelajagi bo'yicha hali qaror qilinmagan. Mamadu Sarrni esa klub Angliya klublaridan biriga ijaraga berishni rejalashtirmoqda.
Chelsi David Datro Fofanni to'liq sotib yuborishni, shuningdek, Omari Kelliman, Deyvid Vashington, Kaleb Uayli va Shim Meukani ijaraga berishni istamoqda.
Tarkibda Dastan Satpayev ham qolmoqda. Uning yangi mavsumdagi roli hali aniq emas, lekin Chelsi futbolchini sotishni umuman rejalashtirmayapti.
Chelsi transfer bozoridagi so'nggi yangiliklar: himoyachilar, hujumchilar va tarkibni tozalash rejalari haqida batafsil.
Transfer DealSheet ma'lumotiga ko'ra, bu hafta Chelsi uchun transfer bozorida ancha sermazmun o'tmoqda.
🔹 Stounz markaziy himoyachilar ro'yxatiga kiritildi va bu Lakruaga bo'lgan qiziqishni inkor etmaydi: agar boshqa himoyachilar sotilsa, Chelsi ikkala futbolchini ham tarkibga qo'shib olishi mumkin. Disasi va Chaloba sotuvga qo'yilgan, Komo hali ham Chaloba bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, Sarr esa ijaraga ketadi, shuning uchun ikki yangi himoyachi uchun joy topiladi.
🔹 Lakrua borasida Saymon Jonson shunday yozadi: Chelsi Maksansni boshqa insayderlar aytgan 55 million funtdan pastroq baholamoqda. Kristal Pelasga rasmiy so'rov yuborilgan, ammo Chelsi vakillari Lakrua faqat variantlardan biri ekanligini, masalan, Komodan Xakobo Ramon ham kuzatuvda ekanligini ta'kidlashmoqda.
🔹 Chavarria bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozircha yangi ma'lumot yo'q.
🔹 Kerim Alaybegovichga bo'lgan qiziqish tasdiqlandi — u hujum chizig'i uchun nomzodlar ro'yxatida. Ammo bu yerda yangi futbolchilarning kelishi sotuvlarga bog'liq.
🔹 Hujumchilarga kelsak: Jekson uchun 65 million funt so'ralmoqda, agar kimdir shunday taklif bilan chiqsa va Niko ketishni istasa, Chelsi savdolashmaydi va senegallik futbolchini qo'yib yuboradi. Delap va Emega bilan ham xuddi shunday vaziyat: ularning ko'p o'ynashi dargumon. Liamga APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Giyu aniq ketadi, ammo ijaragami yoki doimiy transfermi, hozircha noaniq. Agar kimdir uni sotib olmoqchi bo'lsa, Chelsi 25 million funt narx belgilagan.
🔹 Garnacho uchun Chelsi hamon 50 million yevro talab qilmoqda. Aston Villa va yana bir APL klubi vaziyatni kuzatmoqda. Shuningdek, A Seriyaning ikkita klubi ham qiziqish bildirmoqda — The Athletic ularning nomini keltirmaydi, ammo ulardan biri Roma ekanligi ma'lum. Netu daxlsizlar ro'yxatiga kiritilmagan, ammo Chelsi uni sotishga shoshilmayapti. Agar sotiladigan bo'lsa, narxi Garnachodan ancha qimmat bo'ladi.
🔹 Gyusto va Entsoni xohlagan klub sotib olishi mumkin. Narxlari mos ravishda 75 va 120 million funt. Hozircha xaridorlar yo'q, ammo Chelsi ikkisini ham tarkibda saqlab qolishga qarshi emas.
🔹 Slonina Strasburda, ammo hozircha sinov muddatida. Ijara yoki sotuv istisno qilinmaydi, lekin kafolatlanmagan ham. Yorgensen, Datro Fofana kabi yangi klub izlamoqda. Paes, Kelliman, Vashington, Uayli va Meuka ijaraga yuboriladi.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.