Saymon Jonson yozishicha, Chelsea klubida Nikolas Jeksonga o'rinbosar sifatida Emmanuel Emegha tanlab olingan deb hisoblashmoqda.
Klub uni Jeksondan ko'ra kuchliroq hujumchiga aylanish salohiyatiga ega deb bilgani uchun shartnoma imzolagan.
Biroq hozircha uning jismoniy holati asosiy muammo bo'lib qolmoqda — sonning orqa qismidagi ikkita jarohat va boshqa mushak muammolari.
Shu sababli Emegha o'zining Strasburdagi so'nggi mavsumida Liga 1 doirasidagi bor-yo'g'i to'rtta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan va hozircha Chelsea safida debyut qila olmagan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!