«Marsel» Jan-Kler Todibo bilan og'zaki kelishuvga erishdi
Santi Auna xabariga ko'ra, «Marsel» himoyachi Jan-Kler Todibo bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Endilikda klublar ijara shartlari bo'yicha muzokara olib boradi.
Santi Auna xabariga ko'ra, «Marsel» himoyachi Jan-Kler Todibo bilan og'zaki kelishuvga erishgan.
So'nggi soatlarda klub himoyachini «Marsel»ga o'tishga ko'ndirish uchun sa'y-harakatlarini kuchaytirdi. Endilikda tomonlar ijara shartlari bo'yicha muzokaralarni boshlashadi.
Auna shuningdek, ushbu transfer amalga oshishi jamoani tark etadigan futbolchilar soniga ham bog'liqligini ta'kidladi.