Ian Matsen jarohati sabab ikki oygacha maydonga tusha olmaydi
Aston Villa himoyachisi Ian Matsen to'pig'idagi jarohat sabab 6-8 haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Jeykob Tansvell xabar bermoqda.
Ian Matsen jarohati sabab ikki oygacha maydonga tusha olmaydi – Jeykob Tansvell.
Bizning himoyachimiz to'pig'idan jarohat oldi. Tiklanish muddati – 6 haftadan 8 haftagacha. «Nottingem» bilan o'yin yakunidagi epizoddan so'ng u tibbiy ko'rikdan o'tdi va jarohat aniqlandi. Sog'liq tilaymiz!