Atalanta Tomas Kristensen transferi ustida ishlamoqda
Богиня ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

Atalanta Tomas Kristensen transferi ustida ishlamoqda

📰 Janluka Di Marsio xabariga ko'ra:

Atalanta Udineze himoyachisi Tomas Kristensen transferi ustida ishlamoqda.

🤑 Bergamo klubi 24 yoshli daniyalik futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilishga tayyor, Udineze esa uni 25 million yevroga baholamoqda.

🤝 Hozirda tomonlar o'rtadagi narx farqini qoplash uchun bonuslar tizimini muhokama qilishmoqda.

👀 Atalanta qiziqish bildirayotgan futbolchilar ro'yxatida Jan-Kler Todibo ham bor, biroq uning transferi faqat jamoaning amaldagi markaziy himoyachilaridan biri ketgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!