Marsel transfer rejalarini ma'lum qildi
Marsel transfer oynasidagi ustuvor pozitsiyalarni belgilab oldi. Jenezyo tarkibni kuchaytirish maoshlar fondiga bog'liq ekanini ta'kidladi.
Klub ushbu transfer oynasida quyidagi pozitsiyalarni kuchaytirmoqchi:
Darvozabon, markaziy himoyachi, yarim himoyachi va o'ng qanot hujumchisi.
L'Equipe xabariga ko'ra, Jenezyo Ligue1+ efirida tarkibni kuchaytirish bevosita maoshlar fondini qisqartirish bilan bog'liqligini tasdiqladi.
Todibo o'tishga tayyor. Yana bir ko'rib chiqilayotgan nomzod — «Volfsburg» futbolchisi Amura, u ijaraga olinishi mumkin. Biroq unga boshqa da'vogarlar ham bor va u «OM»ni kutib o'tirishi dargumon.