#Leonardo Spinazzola — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Leonardo Spinazzola mashg'ulotda jarohat oldi

Leonardo Spinazzola mashg'ulotda jarohat oldi

Leonardo Spinazzola mashg'ulot vaqtida jarohat oldi. Futbolchining yakshanba kungi o'yinda maydonga tushishi gumon ostida.

🚨 Leonardo Spinazzola mashg'ulotni muddatidan avval yakunladi.

⚠️ Kastelvolturno qarorgohidan xabar berilishicha, futbolchi o'ng oyog'ida mushaklardagi noqulaylikni his qilgan. Leonardoning yakshanba kuni Florensiyada bo'lib o'tadigan kunduzgi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.

Leonardo Spinazzola: Allegri va Conte o'xshash maqsad sari intilishadi

Leonardo Spinazzola: Allegri va Conte o'xshash maqsad sari intilishadi

Leonardo Spinazzola SKY Sport nashriga bergan intervyusida Allegri, Konte va Chempionlar ligasidagi o'yinlar haqida fikr bildirdi.

SKY Sport xabariga ko'ra, Leonardo Spinazzola intervyu berdi:

Allegri har doim juda vazmin. Ha, u hazil qilishni va har kim bilan til topishishni yaxshi ko'radi, lekin bir yarim soatlik mashg'ulot davomida maydonda bizdan bor kuchimizni sarflashni talab qiladi. Bu borada men Konte davri bilan hech qanday farq ko'rmayapman: ular turlicha, lekin maqsadlari bitta — g'alaba qozonish. U bizdan dadil o'ynashni va pressing qo'llashni talab qiladi. Shuningdek, sabrli bo'lishimizni va o'yindan zavq olishimizni istaydi.
Chap qanot? Maktomini hamma narsani uddalaydi, Alisson esa oldindan aytib bo'lmaydigan darajada. Ammo o'ng qanotda ham hammasi joyida: ular anchadan beri birga o'ynashadi.
Biz Chempionlar ligasi butunlay boshqacha daraja ekanini bilamiz; u yerda moliyaviy jihatdan ancha kuchliroq jamoalar bor, lekin, albatta, bunday format guruhdan chiqishimiz uchun bizga ko'proq imkoniyat beradi. Keyin esa lotereya boshlanadi, u yerda hamma narsani alohida vaziyatlar hal qiladi. Biz o'sishimiz va guruh bosqichini yuqori saviyada o'tkazishimiz kerak.