Alisson Santosning uyiga o'g'rilar tushdi
Alisson Santosning uyiga o'g'rilar tushdi. Futbolchining qimmatbaho buyumlari va avtomobili o'g'irlab ketildi.
😡 Alisson Santos o'g'rilik qurboni bo'ldi.
⏭️ Shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi noma'lum shaxslar futbolchining Julyanodagi uyiga bostirib kirishdi. Ular zargarlik buyumlari, jumladan, Rolex soati va qimmatbaho marjonni o'g'irlab, futbolchining BMW rusumli avtomobilida voqea joyidan yashirinishdi. Keyinchalik avtomobil Vilyarikka hududidan topildi va egasiga qaytarildi.
🚓 Politsiya jinoyat ishi qo'zg'atdi va tergov harakatlarini olib bormoqda.