Aleks Meret: "Kelasi haftada jamoaga qaytishim kerak"
Forza Napoli ↗ ●●●●● Matbuot 👁 6

Aleks Meret: "Kelasi haftada jamoaga qaytishim kerak"

Aleks Meret Radio KissKiss'ga bergan intervyusida o'z holati va Neapoldagi hayoti haqida gapirib o'tdi:

Hozir ham maydonda, ham trenajyor zalida individual mashg'ulotlar bilan bandman va terapiya o'tamoqdaman. Shu hafta maydonda yanada ixtisoslashgan mashg'ulotlarni boshladim. Agar hamma narsa reja bo'yicha ketsa, kelasi haftada jamoaga qaytishim kerak va navbatdagi o'yinga tayyor bo'lishga umid qilaman.
Neapolda o'tkazgan shuncha yillar davomida men albatta tajribaliroq bo'ldim, ma'lum vaziyatlar va bosimni yengish menga osonroq. Bu yerga juda yosh kelganman, hozir esa ikki nafar farzandim bor va oilam bilan Neapolda o'zimizni juda yaxshi his qilyapmiz. Men albatta ancha ulg'aydim.
Har kuni mas'uliyat va fidoyilik bilan ishlayapman. Neapoldagi ko'plab mish-mishlardan o'zimni izolyatsiya qilishga harakat qilaman. Meni tushunadigan va yaqin bo'lgan insonlarning fikrini qadrlashga urinaman. Har doim muvozanatni saqlashga harakat qilish kerak.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!