Massimiliano Allegri "Komo"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:
Bu bizning ilk uy uchrashuvimiz bo'ladi, u o'z stadionimizda, muxlislarimiz qarshisida juda qiziqarli o'tadi. Raqibimiz "Komo"ga kelsak, ular aqlbovar qilmas natijalarga erishishdi. Ular o'tgan mavsumdagi yutuqlari va egallagan o'rnini hisobga olsak, Italiya futbolidagi yangi voqelikdir. Ular yaxshi tashkil etilgan, texnikasi yuqori jamoa va ijobiy natijaga erishish uchun bizdan yaxshi o'yin talab etiladi. Hozirgi bosqichda sport formamiz hali optimal emas, harorat hamon yuqori. Nafaqat texnik jihatdan, balki katta aql va sabr bilan o'ynash muhim. Bizni qiyin jamoa bilan uchrashuv kutib turibdi.
Tarkibda kimlarni maydonga tushirishni hali hal qilmadim, buni ertaga ertalab, o'yin oldidan hal qilaman. O'tgan safar Vergara va De Bryuyneni maydonga tushirib g'alaba qozonganimiz uchun, har bir o'yin shunday bo'ladi deb o'ylash yaramaydi. O'yinlar turlicha bo'ladi va vaziyatlarni to'g'ri baholay olish kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!