Il Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, «Napoli» jamoasi tarkibni kuchaytirish uchun ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi:
«Jamoaga zudlik bilan ikkita asosiy xarid kerak: biri himoya, ikkinchisi hujum uchun. Nomzodlar orasida «Chelsi»dan Benua Badyashil va «Arsenal»dan Gabriel Jezus bor. Premer-liga futbolchilari sifat kafolatini beradi. Ochig'ini aytganda, ular jamoa saviyasini yuqori darajada ushlab turish uchun, demak, Italiya chempionati va Chempionlar ligasidagi ambitsiyalari uchun juda zarur. Ayniqsa, himoyadagi yo'qotishlar va hujumdagi muammolarni inobatga olsak, Lukaku sotuvi va Lukkaning barqarorsiz o'yini vaziyatni o'nglay olmaydi».
«Badyashil – tajribali va ishonchli 25 yoshli fransuz giganti, u qiyin mavsumni o'tkazdi va buni tezroq unutishi kerak. Marianuchchi «Selta»ga qarshi o'yinda chap tizzasidan jarohat olganidan keyin, uning transferi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!