⏯️ Napoli va Chelsi o'rtasidagi muzokaralar sekinlashdi. Tomonlar tanaffus olishdi.
📺 SKY Sport xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi Benuad Badyashil transferi bo'yicha muloqotda turg'unlik yuzaga kelgan. Tomonlar transfer formulasi bo'yicha kelisha olishmayapti. Londonliklar futbolchini sotib olishni yoki majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berishni talab qilmoqdalar.
🫷 Markaziy himoyachilarning jarohatlari sababli tarkibni kuchaytirishga urinayotgan Napoli esa o'yinchini hech qanday majburiy shartlarsiz ijaraga olmoqchi. Ehtimol, neapolliklar Benuaning jarohatlarga moyilligini ham inobatga olishayotgan bo'lishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!