#Luka Cherkione — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

«Parma» Dzion Suzuki uchun 34 million funt talab qilmoqda

«Parma» Dzion Suzuki uchun 34 million funt talab qilmoqda

«Parma» darvozaboni Dzion Suzuki uchun «Lids» va «Yuventus»dan tushgan takliflar rad etildi. Klub futbolchi uchun 34 million funt talab qilmoqda.

1 Station Radio jurnalisti Luka Cherkone xabariga ko'ra, «Parma» yaponiyalik darvozabon Dzion Suzuki uchun 34 million funt sterling so'ramoqda.

Ayni damda darvozabon bo'yicha ikkita taklif kelib tushgan: «Lids» 25,5 million funt va bonuslar, «Yuventus» esa 21 million funt va bonuslar taklif qilgan. «Xochlilar» rahbariyati ushbu takliflarni yetarli emas deb topib, rad etgan.

O'ng ustun yangiliklari

Napoli nega transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilmoqda?

Napoli nega transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilmoqda?

Italiyalik jurnalist Luka Cherkone «Napoli» klubining transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilayotganini tushuntirib berdi.

Italiyalik jurnalist Luka Cherkone «Napoli»ning transfer bozoridagi harakatlari haqida fikr bildirdi:

Agar biz Guterres, Xasa va Dzerbindan keyin Lukaku va boshqalarni ham sotganimizda, baribir bir necha millionlik likvidlik zonasidan tashqarida qolgan bo'lardik. «Napoli» jarimalardan xavfsiraydi va transfer bozorida sustkashlik qilayotgani no'noqlikdan emas, balki zaruratdan kelib chiqmoqda.

Cherkone ma'lumotiga ko'ra, neapolliklar A Seriya nazorat organlari (Covisoc) tomonidan belgilangan «ishchi kuchi xarajatlarining daromadga nisbati» koeffitsienti 0,8 darajasida bo'lgani uchun o'ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga majbur. Klub allaqachon maoshlar fondining umumiy daromadga nisbati bo'yicha belgilangan chegaradan oshib ketgan. Yangi futbolchilarni erkin sotib olish imkoniyatiga ega bo'lish uchun «Napoli» rahbariyati balansni normallashtirishi va avvalo yuqori maosh oluvchi ba'zi o'yinchilar bilan xayrlashishi kerak.