Napoli nega transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilmoqda?
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 12

Napoli nega transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilmoqda?

Italiyalik jurnalist Luka Cherkone «Napoli»ning transfer bozoridagi harakatlari haqida fikr bildirdi:

Agar biz Guterres, Xasa va Dzerbindan keyin Lukaku va boshqalarni ham sotganimizda, baribir bir necha millionlik likvidlik zonasidan tashqarida qolgan bo'lardik. «Napoli» jarimalardan xavfsiraydi va transfer bozorida sustkashlik qilayotgani no'noqlikdan emas, balki zaruratdan kelib chiqmoqda.

Cherkone ma'lumotiga ko'ra, neapolliklar A Seriya nazorat organlari (Covisoc) tomonidan belgilangan «ishchi kuchi xarajatlarining daromadga nisbati» koeffitsienti 0,8 darajasida bo'lgani uchun o'ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga majbur. Klub allaqachon maoshlar fondining umumiy daromadga nisbati bo'yicha belgilangan chegaradan oshib ketgan. Yangi futbolchilarni erkin sotib olish imkoniyatiga ega bo'lish uchun «Napoli» rahbariyati balansni normallashtirishi va avvalo yuqori maosh oluvchi ba'zi o'yinchilar bilan xayrlashishi kerak.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!