Massimiliano Allegri DAZN nashriga bergan intervyusida «Roma»ga qarshi o'yindan so'ng o'z his-tuyg'ularini yashirmadi:
To'rtinchi hakam bosh hakamni chaqirdi va u meni maydondan chetlatdi. Men umuman hech narsa demagandim.
Hammasi tamom, shu lahzadan boshlab o'tiraman va qimirlamayman. Qachonki harakat qilsam, meni chetlatishadi.
O'tgan yili jarimalar uchun 80 000 yevro to'laganman. Qimirlashim bilan... Axir boshqalar yugurib, baqirayotganini ko'ryapman-ku. Agar men o'rnimdan tursam, meni darhol chetlatishadi.
Yigitlarimni ushbu o'yin uchun faqat maqtay olaman.
Bugun himoyada yaxshi o'ynadik, «Roma» esa kuchli jamoa. Ammo uchinchi gol vaziyatida yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Bunday kayfiyat bilan turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!