Tyerri Anri «Arsenal» va «PSJ» jamoalari haqida fikr bildirdi
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Tyerri Anri «Arsenal» va «PSJ» jamoalari haqida fikr bildirdi

🎙️ Tyerri Anri «Arsenal»ning transfer oynasi va jamoa o'ziga xosligi haqida:

Ikkalamiz ham ba'zida «keling, mana shu futbolchini sotib olamiz va u klubni o'zgartiradi» degan mantiqqa haddan tashqari berilib ketamiz. Hozir PSJ ajoyib jamoa deb aytish oson. Ammo ikki yil oldin u yerdan Kilian Mbappe, Neymar va Lionel Messi kabi barcha yulduzlar ketganida, hamma «Xudoyim, endi ular bilan nima bo'ladi?» deb o'ylagandi. Keyin ular Bredli Barkolani, so'ngra Dezire Dueni olib kelishdi. O'sha paytda hech kim bu yigitlar erishgan natijalariga erisha oladi deb o'ylamagan edi.
Ammo Luis Enrike o'z jamoasi qanday o'ynashi kerakligini shunchalik aniq tushunadiki, natijada hammasi o'xshadi. Usmon Dembele nima deganini eslaysizmi? U shunday degandi: «Agar sen «Pari Sen-Jermen»da yugurmasang, o'ynamaysan». Hammasi oddiy. Agar «Arsenal»ga qaraydigan bo'lsak, hujumkor yarim himoyachilar va hujumchilar orasida o'tgan mavsumda Premer-liganing ramziy terma jamoasiga kirgan birorta ham futbolchi yo'q. Ammo shunga qaramay, ular — jamoa.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!