Massimiliano Allegri "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi matbuot anjumanida:
Yigitlar yomon o'ynashmadi. O'tgan yili "Katanzaro" safida to'p surgan Favazulining debyutidan mamnunman. Biz oxirgi paslarda muammolarga duch keldik. Hammasini qaytadan boshlash uchun "Bolonya" ustidan g'alaba qozonishimiz kerak. Biz ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'ldik. De Bryuyne va Gilmor ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Xotirjamlik va o'zimizni bosib olishimiz lozim. Agar "Arsenal"ga qarshi o'yindagi kabi himoyalanganimizda, "Komo" va "Inter"ga yutqazmagan bo'lardik.
Noa Lang bilan nima bo'ldi? Lang bugun ertalabki mashg'ulot vaqtida o'zini noo'rin tutdi.
Alissonni tanaffusgacha ko'rishimiz dargumon. Meretning holatini ham baholab olishimiz kerak. Ketma-ket uchinchi mag'lubiyatdan xafaman. Salbiy jihatlar sifatida oxirgi pasni tanlashdagi ko'plab xatolarni aytishim mumkin. Birinchi bo'limda bosim ostida yaxshi o'ynadik.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!