Billy Gilmour: "Napoli kabi nufuzli klubga "yo'q" deyish qiyin"
Billy Gilmour "Napoli"ga o'tish qarori va Scott McTominayning jamoadagi o'rni haqida gapirib berdi.
Billy Gilmour Premier Sports TV'ga intervyu berdi:
Seriya A — hayajonli liga. Sizga katta italyan klubi murojaat qilib, sizni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini aytsa, "yo'q" deyish juda qiyin. Men bu yerga kelishni, sovrinlar uchun kurashishni va shunday nufuzli klubda o'ynashni xohladim. Italiyada shotlandlar ham o'ynashgan, Denis Lou shulardan biri va hozir ko'plab futbolchilar Seriya A'ga o'tishni istashmoqda.
U bu yerga kelganidan beri Maktominayning o'ziga bo'lgan ishonchi sezilarli darajada oshdi. U muxlislar va biz, o'yinchilar uchun qanchalik muhim ekanligi ko'rinib turibdi. Bizga gol yoki yordam kerak bo'lganda unga suyanishimiz mumkin. Xuddi shu narsa Shotlandiya terma jamoasiga ham tegishli. Biz Scottni sog'indik va uning qaytishini intizorlik bilan kutmoqdamiz.
O'tgan mavsumga qaraganda, "Napoli"da men terma jamoadagi kabi yangi murabbiy bilan ishlayapman. Turli metodikalarga va o'yinning yangi usullariga ko'nikish kerakligini tushunaman, lekin umuman olganda, bu juda qiziqarli.