#Lorenzo Lucca — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Napoli bosh murabbiyi: «Jamoa to'psiz o'yin fazasida ishlashi kerak»

Napoli bosh murabbiyi: «Jamoa to'psiz o'yin fazasida ishlashi kerak»

Napoli bosh murabbiyi jamoaning to'psiz o'yin fazasi, Xyoylundning holati va psixologik jihatlarning ahamiyati haqida gapirdi.

«Ko'plab o'yinchilar yaxshi sport formasiga kirmoqda, boshqalarga esa tiklanish uchun, shu jumladan psixologik jihatdan ham ko'proq vaqt kerak.»

🔘 Xyoylund deyarli gol urmayapti. Bu sizni xavotirga solmaydimi?

«Terma jamoalar o'yinlariga qadar u biz uchun ikkita gol urdi, keyin Daniya safida ham o'zini ko'rsatdi, u har bir o'yinda maydonga tushdi. U xotirjamlikni saqlashi kerak, men undan mamnunman, asosiysi jamoa gol urishi.»

🔘 Yana bir markaziy hujumchi, Lukka haqida nima deysiz?

«Lukka — yaxshi sifatlarga ega o'yinchi, u «Napoli» futbolchisi va yordamga muhtoj. Futbol shuning uchun ham go'zal-ki, to'p har qanday daqiqada vaziyatni o'zgartirib yuborishi mumkin, xoh u ijobiy, xoh salbiy lahza bo'lsin.»

🔘 Jamoaga nima yetishmayapti?

«Asosiysi, biz to'psiz o'yin fazasida ishlashimiz kerak. O'z maydonimizda biz kuchliroq ekanligimizni ko'rsatishimiz lozim. Taraqqiyot natijalar orqali keladi; natija qarorlarimizga ta'sir qiladi. Biz ishlashda davom etishimiz kerak; maqsadimiz — o'yin sifati bilan o'lchanadigan natija. O'yinni o'qiy olish juda muhim ahamiyatga ega.»

🔘 Murabbiy biroz psixolog bo'lishi kerakmi?

«Psixologik jihat futbol boshlanganidan beri juda muhim bo'lib kelgan. Murabbiy insoniy resurslarni boshqara olishi kerak. Har bir o'yinchining odatlari va xarakterini tushunish jamoa uchun juda muhim.»

O'ng ustun yangiliklari