1/2 🔥🔥🔥 "Sem Bekema – haqiqiy falokat!"
✍️ Neapolitan jurnalisti Luka Chirillo "Napoli" - "Roma" o'yinidan keyin o'z hissiyotlarini yashirmadi:
"Lorenso Lukka uchun sarflangan 35 million yevro "Napoli" muxlislarini asabiylashtirishda davom etayotgan bir paytda, Bekema uchun sarflangan taxminan 32 million yevro muammo tug'dirdi. 51-daqiqada jarohat olgan Badyashil o'rniga maydonga tushgan futbolchi, "Napoli" 2:0 hisobida oldinda borayotgan bir pallada, bir qator konseptual va pozitsion xatolarga yo'l qo'ydi. Bu xatolar mehmonlarga o'yinda jonlanish imkonini berdi. Avvalo, Sem ikkilanib qoldi va Matias Soulega zarba berish uchun bo'sh joy qoldirdi, bu esa "Roma"ni o'yinga qaytardi. Vaziyatga munosabat bildirishdagi bunday ojizlik bu darajada qabul qilib bo'lmas holat."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!