Massimiliano Allegri Lobotkadan yangi qirralarni ochishni talab qilmoqda
Il Corriere dello Sport nashri Massimiliano Allegri Lobotkadan o'yin uslubini o'zgartirishni va maydonda yangi vazifalarni bajarishni talab qilayotgani haqida.
Il Corriere dello Sport nashri murabbiy o'yinchilarda kutilmagan jihatlarni qanday topishi va rivojlantirishi haqida yozadi:
«Bu usulni sinab ko'r, axir uni qanday bajarishni bilasan-ku».
Massimiliano Allegri o'z o'yinchilariga ishonadi va «Napoli» turnir jadvalining yuqori qismida raqobatbardosh ekanligiga amin. Ammo u o'yinchilar hali o'z salohiyatini to'liq ochib bermagan deb hisoblaydi. Allegri buni Lobotkaga aniq tushuntirib, uni faqat qisqa paslar bilan cheklanmay, ularning masofasini ham oshirishga chaqirdi. «Senda imkoniyat bor, undan foydalan, — deya yarim himoyachini undaydi toskanalik murabbiy, - Va agar oldinda bo'sh zona ko'rsang, uni to'ldir.»
Va «Bolonya»ga qarshi o'yinda Lobotka buni amalga oshirdi...