Joze Mourino «Roma»ning yangi futbolchisi haqida fikr bildirdi
Joze Mourino «Roma»ning yangi futbolchisi Rodrigo Mora haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Roma»dan ketganiga ikki yildan oshgan bo'lsa-da, Joze Mourino va «jallorossi» o'rtasidagi bog'liqlik saqlanib qolmoqda. Il Corriere dello Sport xabariga ko'ra, kecha «Real» bosh murabbiyi sifatidagi taqdimoti chog'ida portugaliyalik mutaxassis «Roma» muxlislari haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi.
Xususan, u «Roma»ning yangi xaridi, vatandoshi Rodrigo Mora haqida quyidagilarni aytdi:
Rodrigo Mora — Portugaliya futbolining eng buyuk iqtidorlaridan biri. U texnik jihatdan juda kuchli, o'yin taqdirini o'zgartira oladigan kreativ futbolchi. O'ylaymanki, «Roma» muxlislariga u juda yoqadi, men esa bu muxlislarni hech qachon unutmayman.