Aleks Meretning jarohati sababli Napoli darvozabonlar tarkibida o'zgarishlar ro'y berdi. Vanja Milinkovich-Savich asosiy darvozabonga aylandi.
Napoli darvozabonlar brigadasi qayta shakllantirildi.
SKY Sport kecha kechqurun Aleks Meretning jarohati bo'yicha prognozni uch oygacha yomonlashtirganidan so'ng, Vanja Milinkovich-Savich asosiy darvozabon bo'ladi.
Nikita Kontini ikkinchi darvozabon pozitsiyasiga o'tadi.
Napoli bosh murabbiyi jamoadagi qiyinchiliklar, tarkibdagi yo'qotishlar, darvozabonlar rotatsiyasi hamda futbolchilarni himoya qilish sabablari haqida gapirdi.
🔘Lang haqida.
Lang — muhim sifatlarga ega o'yinchi, u yaxshi o'yin ko'rsatdi. U boshqalar qatori yanada mas'uliyatli bo'lishi va har bir pas hal qiluvchi bo'lishi mumkinligini tushunishi kerak. Ikkinchi bo'limda u yaxshi uzatmalarni amalga oshirdi. Birinchi bo'limda biz chap qanotdan uzatmalar qildik, ammo markazda o'yinchi yetishmadi.
🔘Qiyin vaziyatdan chiqish uchun yechim bormi?
Tajriba va xarakterdan kelib chiqib, har qanday muammoning yechimi bor deb hisoblayman. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak. Imkonsiz narsani qilish qiyinroq. Men jamoadan bor kuchini sarflashni so'rayapman va ular ruhiy jihatdan og'ir pallada buni bajarishmoqda. Shuningdek, o'yinlar va mashg'ulotlarda ayrim o'yinchilarimiz yo'q; 13 nafar futbolchi bilan mashg'ulot o'tkazish bilan 20 nafari bilan shug'ullanish — ikki xil narsa. Ammo bu bahona emas. Hozir tanaffus, uch nafar o'yinchi jarohatdan qaytadi.
🔘Aurelio De Laurentis bilan munosabatlar haqida.
Prezident bilan gaplashdim, u bilan o'yindan oldin va keyin muloqot qildim. O'ylaymanki, u vaziyatning haqiqiy holatini aniq tushunib turibdi. Biz kutgan narsalarga nisbatan ayrim obyektiv qiyinchiliklar mavjud.
🔘Lukka haqida.
O'yinchilarimni ularni himoya qilish yoqqani uchun emas, balki ular bunga loyiq bo'lgani uchun himoya qilaman. Lukkani o'tgan yili sotib olishgan, agar uni olgan bo'lishsa, demak, u iqtidorga ega. Agar u avval yaxshi bo'lgan bo'lsa, hozir ham yaxshi. Hozir qiyin davr, ammo 20 kundan yoki bir oydan keyin u yaxshi o'yiniga qaytadi va gollar uradi. Xeylund ham shunday. Bu yerda dangasalar yo'q, shuning uchun ularni himoya qilyapman.
🔘Darvozabonlar ierarxiyasi haqida.
Bu ikki juda qadrli darvozabon. Meret ikkita muhim o'yin o'tkazdi va ehtimol unga dam olish kerak edi. Milinkovich-Savich — juda yaxshi darvozabon, men ishonch bildira oladigan, juda mas'uliyatli o'yinchi. Bugun u, aytgancha, oyoq bilan juda yaxshi o'ynadi.
Napoli bosh murabbiyi Stanislav Lobotkaning jarohati, Vanya Milinkovich-Savichning o'yini va tanqidlarga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
🔘Lobotka qanday?
«U o'zini yaxshi his qilmayapti, shekilli, to'pig'ida muammo bor. Ertaga uni tekshiruvdan o'tkazishadi, lekin o'ylaymanki, biz uni ma'lum muddatga yo'qotdik.»
🔘Milinkovich-Savich ishonchli ko'rindi...
«Roziman. Vanya ajoyib futbol namoyish etmoqda va juda yaxshi o'yin o'tkazdi. U jiddiy va aqlli yigit. U qanot futbolchilari uchun uzun paslar uzatdi. Ikkinchi bo'limda biz juda ko'p vaziyatlarni boy berdik va bu yaxshi emas, lekin eng muhimi, biz g'alaba qozondik, bu esa yakshanba kungi o'yin oldidan bizga ishonch bag'ishlaydi.»
«Bu holat bir necha yildan beri davom etmoqda. O'tgan yili yetti oy davomida hech kim hech narsa demadi, keyin esa boshlashdi. Tanqidchilarni jim qilish uchun o'yinlarda g'alaba qozonish kerak. Har kim o'z fikrini bildirish huquqiga ega va kimni eshitishni faqat biz hal qilamiz. Biz shug'ullanishni, kurashishni istaymiz, bizda kuchli jamoa bor va ishonchim komilki, bunday kayfiyat bilan biz muvaffaqiyatga erishamiz.»
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Napoli» va «Atletiko Madrid» Xuan Musso hamda Vanya Milinkovich-Savichni o'zaro almashtirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Napoli» va «Atletiko Madrid» Xuan Musso hamda Vanya Milinkovich-Savichni o'zaro almashtirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Muzokaralar vositachilar orqali o'tkazildi, ammo tomonlarning futbolchilarni baholashida tafovutlar mavjud.
Xuan Musso neapolliklar qiziqish doirasiga iyul oyidan beri kirib kelgan.
Vanja Milinkovich-Savich «Napoli»dagi mavsum boshlanishi, Massimiliano Allegri bilan ishlash va Aleks Meret bilan raqobat haqida gapirdi.
Vanja Milinkovich-Savich Radio KissKiss efirida:
🔘 Mavsum natijalar borasida qiyin boshlandi, endi maqsad — turnir jadvalida yuqorilash. Jamoada qasos olish istagi qanchalik kuchli?
«Istak bor, u xuddi chempionat boshidagi kabi. Biz kurashdamiz».
🔘 Allegri murakkab vaziyatlarda jamoani boshqarish bo'yicha katta tajribaga ega. U sizlarga nimalarni aytmoqda?
«Sokinlikni va xotirjamlikni saqlash juda muhim. Bu bizga yana natijalarga erishishga yordam beradi».
🔘 «Napoli»da Meret bilan rotatsiya — asosiy mavzulardan biri. Aleks bilan munosabatlaringiz qanday? Sizlar uzoq vaqtdan beri tanishsiz. O'rtangizdagi raqobat sizni har kuni yanada kuchliroq bo'lishga undaydimi?
«Aleks — ajoyib yigit, men u bilan birga ishlashdan zavq olaman. Albatta, biz juda yaxshi chiqishamiz».
Vanya Milinkovich-Savich Serbiya terma jamoasi safida maydonga tushdi. Millatlar ligasi doirasidagi bahsda serbiyaliklar Germaniyaga mag'lub bo'lishdi.
Vanya Milinkovich-Savich Serbiya terma jamoasi safida maydonga tushdi.
Millatlar ligasi doirasidagi bahsda serbiyaliklar o'z uyida Germaniyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Rasmus Xeylund va Vanya Milinkovich-Savich sog'lig'idagi muammolar sababli o'yinni o'tkazib yuborgandi. Hozirda futbolchilar individual mashg'ulotlarga qaytishdi.
🚑Lazeretdan yangiliklar
🔙Kecha ma'lum bo'lganidek, Rasmus Xeylund va Vanya Milinkovich-Savich sog'lig'idagi muammolar sababli «Yuventus»ga qarshi o'yin qaydnomasidan tashqarida qolishgandi. Hujumchi gripp, darvozabon esa mushaklaridagi muammolar tufayli maydonga tusha olmagan edi.
🔉Bugun klub tomonidan tarqatilgan press-relizga ko'ra, har ikki futbolchi bugun jamoaning ertalabki mashg'ulotlarida ishtirok etishdi va individual dastur asosida shug'ullanishdi.
Il Mattino nashri xabariga ko'ra, Napoli Milinkovich-Savichni sotib yuborishga tayyor, uning o'rniga esa Musso nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
Il Mattino xabariga ko'ra, Napoli Milinkovich-Savichni sotib yuborishga tayyor.
"Ismi daxlsiz deb hisoblanmaydigan futbolchi — Milinkovich-Savich. Yechim topish oson emas, ammo munosib taklif tushsa, Napolida o'rinbosar ham bor — Musso. Atletiko uning transferiga qarshi emas va Atalanta sobiq o'yinchisi La Ligadagi muvaffaqiyatsiz davrdan so'ng A Seriyaga qaytishni istaydi. Bir jihatni qayd etish kerak: De Laurentis Meretni saqlab qolmoqchi, ammo darvozabon mavsumni (ikki yil avvalgidek) yakunlanayotgan shartnoma bilan boshlaydi. Aleks bunga unchalik ahamiyat bermayapti va xavotirda emas: u shartnoma uzaytirilishini biladi, ayniqsa, Napoli xo'jayini uni ishonchli variant deb biladi."
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Napoli va Atletiko Madrid Xuan Musso hamda Vanya Milinkovich-Savich o'rtasidagi ehtimoliy almashinuvni muhokama qilishmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Napoli va Atletiko Madrid klublari Xuan Musso hamda Vanya Milinkovich-Savich o'rtasidagi ehtimoliy almashinuv masalasini muhokama qilishgan.
Muzokaralar vositachilar orqali o'tgan, tomonlar o'yinchilarning narxini baholashda kelishmovchiliklarga duch kelishgan.
Mattia Perin «Palermo» taklifini o'rganmoqda. Agar u va Di Gregorio ketsa, «Juventus» Vanja Milinkovic-Savicni nishonga olishi mumkin.
Mattia Perin «Palermo» taklifini o'rganib chiqmoqda 🔎
Agar u jamoani tark etsa va Michele Di Gregorio ham ketsa, «Juventus» «Napoli» darvozaboni Vanja Milinkovic-Savicni taklif qilish variantini ko'rib chiqishi mumkin.