Vanja Milinkovich-Savich Radio KissKiss efirida:
🔘 Mavsum natijalar borasida qiyin boshlandi, endi maqsad — turnir jadvalida yuqorilash. Jamoada qasos olish istagi qanchalik kuchli?
«Istak bor, u xuddi chempionat boshidagi kabi. Biz kurashdamiz».
🔘 Allegri murakkab vaziyatlarda jamoani boshqarish bo'yicha katta tajribaga ega. U sizlarga nimalarni aytmoqda?
«Sokinlikni va xotirjamlikni saqlash juda muhim. Bu bizga yana natijalarga erishishga yordam beradi».
🔘 «Napoli»da Meret bilan rotatsiya — asosiy mavzulardan biri. Aleks bilan munosabatlaringiz qanday? Sizlar uzoq vaqtdan beri tanishsiz. O'rtangizdagi raqobat sizni har kuni yanada kuchliroq bo'lishga undaydimi?
«Aleks — ajoyib yigit, men u bilan birga ishlashdan zavq olaman. Albatta, biz juda yaxshi chiqishamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!